Yangiliklar

NAYMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva va tuman Kengashi deputatlari Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar hududdagi tikuvchilik korxonasida bo‘lib, ayollar bangligi va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillari, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha tushintirish targ ‘ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 4