Bugun tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlarimiz 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlandi. Bayram munosabati bilan ularga ehtirom ko‘rsatilib, sovg‘a-salomlar topshirildi.
Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, xalq vakili sifatida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlarimiz hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini topishda, shuningdek jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgani alohida e’tirof etildi.
Fursatdan foydalanib, barcha ayol deputatlarimizni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ayollar! 💐