Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan Ipak yo‘li MFY
hududida joylashgan 2-maktab hududida yuzaga kelgan chiqindi bilan bog‘liq
murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, masalaga mas’ul tashkilotlar jalb etildi.
Deputat tashabbusi bilan muammo tezkorlik bilan bartaraf etilib, maktab hududi
chiqindilardan tozalandi.
Mazkur amaliy harakat aholi murojaatlari e’tiborsiz qolmasligini va hududlarda toza hamda sog‘lom muhitni
ta’minlash ustuvor vazifa ekanini yana bir bor tasdiqladi.