Yangiliklar

Chinoz tumani. Mahalladagi xotin qizlar faoliyati o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A.Turdiboyev "Sutbuloq" mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

♻️Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

✅Muloqot jarayonida mavjud natijalar e’tirof etilib, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi. 

❇️Mazkur uchrashuv mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3