Yangiliklar

Chinoz tumani. Mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o'rganildi.

❇️O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

✅Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib ko‘rib chiqildi, har bir holat yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5