Yangiliklar

Chinoz tumani. Deputat tomonidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi

O'rganish davomida mahallada barpo etilgan suv ta’minoti infratuzilmasining texnik holati, quvur tarmoqlarining sifat ko‘rsatkichlari hamda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddi tashkilot vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda loyihaning ijro intizomi, muddatlari va aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratish hamda tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4