Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tomonidan tumanning “Qoratepa” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati joyiga chiqib o‘rganildi. “Qoratepa” Tibbiyot punkitida dori-darmonlarning mavjudligi, ularning aholiga yetkazib berilishi, shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi. 

O‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi. 

✍️ Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5