Yangiliklar

Vatanga sadoqat — oliy fazilat!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 24-Chanoq saylov okrugidan saylangan deputat Saidova Dilshoda Mavlonboyevna o‘ziga biriktirilgan Qora-qo‘yli mahallasi hududida joylashgan 31-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida maktabda CHQBT (Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) fanining o‘qitilishi, ushbu fan orqali yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning turli vatanparvarlik tadbirlariga faol jalb etilishi masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlarning sifati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, mavjud sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4