Yangiliklar

Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga Vobkent tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan kiritilgan Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari B.Boboqulov, J.Gaparov, F.Shodiyevalar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 2