Bugun, 2-sentabr kuni yurtimiz bo‘ylab yangi 2025–2026 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” munosabati bilan Mirobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali va bayramona ruhda o‘tkazildi.
Ushbu muhim kunda xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari ham o‘zlariga biriktirilgan hududlaridagi ta’lim muassasalarida bo‘lib, tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbir jarayonida o‘quvchilar,
ustozlar va ota-onalar bilan uchrashdilar. O'quvchi va o'qituvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun bu kundagi quvonch va mas’uliyat alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.