Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari shu kunlarda o‘z saylov okruglarida bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlar yuzasidan saylovchilarga hisobot bermoqdalar.

Xususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 06-Jo‘langar saylov okrugidan saylangan deputat Umurzoq Yarlakabov "Jo‘langar" mahallasi aholisi vakillari ishtirokida 2-sonli kasb-hunar maktablari binosida o‘z saylovchilari oldida amalga oshirgan ishlari yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi. 

Uchrashuvda, saylovchilarning ehtiyojlari, takliflari va fikrlarini tinglash orqali, kelgusi ishlarda birgalikda harakat qilishga kelishildi. Deputat, o‘zining faoliyatini yanada yaxshilash va xalqimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbuslarni taqdim etdi.

Slide 1 of 5