Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining deputati F. Islomova tomonidan biriktirilgan tashkilot — 1-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi.

🙏 Tashrif davomida sport maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish, sport to‘garaklari faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

📍 Shuningdek, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish va hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🌐Doimiy komissiyalar va ularga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik — hududdagi muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim omildir. 

Slide 1 of 2