Xonchorbog‘ mahallasida ishchi guruh faoliyati muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ MFY hududida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda amaliy ishlar olib borildi.
🔹 Dastlab, ishchi guruh a’zolari bilan faoliyat rejasi muhokama qilinib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, o‘rganish yo‘nalishlari hamda fuqarolar muammolarini aniqlash va hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, reestrda turuvchi Abdusattorova Gulbahor oilasining ijtimoiy va maishiy sharoitlari bilan tanishildi. Oila bilan suhbat davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar, bandlik va daromad manbalari yuzasidan ma’lumotlar olindi.
📝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar belgilab olindi.
🤝 Fuqarolar muammosini joyida o‘rganish va manzilli ko‘mak ko‘rsatish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.