Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

10-DMTTdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

10-DMTTdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Kengash deputati X. Turdiyev tomonidan Sinchi mahallasida o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🌳 Jumladan, tashkilot hududining obodonlashtirilishi, sanitariya va tozalik holati, mavjud sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan muhit ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va takliflar bildirildi.