Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla ko‘chalari asfaltlashtirildi

 Mahalla ko‘chalari asfaltlashtirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Qilichovning tashabbusi bilan mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

✅ Tashabbus doirasida mahalla ko‘chalari asfaltlashtirilib, aholining transport qatnovi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratildi.

👍 Mazkur ishlar hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish, aholi talab va takliflarini inobatga olish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.

✅ Maqsad — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish va yo‘llarning holatini yanada yaxshilash.

Slide 1 of 1