HAFTALIK ISH REJASI: 5-9-oktyabr
✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan 5-9-oktyabr kunlari davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli o‘rganishlar va nazorat tadbirlari tashkil etiladi.
🌐5-oktyabr
📍▫️ Reglament va odob-axloq komissiyasi a’zolari tomonidan deputat faoliyatiga oid 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi o‘rganiladi.
📍 🌐 Mas’ul: Kotibiyat mudiri F.Xolmuratova
🤖6-oktyabr
📍▫️ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganiladi.
📍▫️ O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya sohasidagi ayrim tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2021 yil 17 sentyabr, 575-son qarori) ijrosi o'rganiladi.
🌐 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev
🤖7-oktyabr
📍▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganiladi.
📍▫️ O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2018 yil 1 may, 318-son) ijrosi o'rganiladi.
🌐Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev
🤖 8-oktyabr
📍 Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganiladi.
📍▫️ Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2020 yil 16 iyul, 444-son) ijrosi o'rganiladi.
🌐Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev.
🤖9-oktyabr
📍▫️ Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganiladi.
📍▫️ O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2021 yil 12 aprel, 202-son) ijrosi o'rganiladi.
🌐Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev
📈📊 Maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini nazoratga olish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish.
✔️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!