Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏠 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan Yangiobod mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Tashrif davomida oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari va yechimini kutayotgan muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarni zarur ijtimoiy ko‘mak bilan qamrab olish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
🎯 Asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli aniqlash va amaliy yechim topish.