Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanilmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 7-“Obod” saylov okrugidan saylangan deputat Ismoilxo‘jayeva Mohinurxon Murodovna tomonidan “Obod” mahallasida aholi tomorqalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan mahallada istiqomad qiluvchi fuqarolarga bahorgi ko‘chat ekish hamda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanish orqali daromad topish va ro‘zg‘orni obod qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan oqar suv muammosi dasturga kiritilganligi mart oyining oxirigacha yakunlanishi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Slide 1 of 5