Xususan, Mustaqillik, Pushkin hamda Mironshoh ko‘chalarining 500 metrlik qismida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan zamonaviy ko‘cha tashkil etilmoqda.
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov hududga borib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari jarayoni bilan tanishdi.
Loyiha doirasida 91 ta yangi ish o‘rni yaratish, 10 ta yangi tadbirkorlik subyektini ishga tushirish hamda 5 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi