Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 105-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
Qo‘shchinor mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Uchtepa mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Bahor mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
янв.21
Po‘latсhi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Xovuzak mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Boldir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor

Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor

Namangan shahar “Ozod” mahallasida istiqomat qilayotgan mehnat fronti faxriysi Inomova Jamilaxon 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan munosib e’zozlandi.

Shu munosabat bilan Namangan shahar hokimi, Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov, Namangan shahar Kengashi deputati hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i Anvar Nasriddinov va faollar faxriyning xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldilar.

Muloqot davomida faxriyning ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, uning salomatligi, yashash sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, samimiy suhbat o‘tkazildi.

Bayram munosabati bilan faxriyga ezgu tilaklar yo‘llanib, sovg‘a-salomlar topshirildi.

Mazkur e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtimizda keksalarga bo‘lgan yuksak hurmat, ularning boy hayotiy tajribasi hamda ko‘p yillik mehnatini qadrlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 5