Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
янв.21
Po‘latсhi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Xovuzak mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Boldir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
янв.21
Qozoq Nayman mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
янв.21
49-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 523-son qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Juma buyum bozorida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Qorag'uppa mahallasidagi 44-maktabda 523-son qaror ijrosi o‘rganildi
Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi N.Komiljonovning faoliyati, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor G.Xalilovaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga faoliyatini rivojlantirish maqsadida 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xususan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda mahallada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4