Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA

📍 Beshmergan mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari O. Xolboyev hamda D. Xasanova tomonidan Beshmergan mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilmoqda.
📌 O‘rganish davomida:
🔹 fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanmoqda;
🔹 hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid muammolar aniqlanmoqda;
🔹 aholini qiynayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda;
🔹 aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilanmoqda.
🤝 Maqsad — aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish.