Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

📍 Beshmergan mahallasida monitoring o‘tkazildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari O. Xolboyev hamda D. Xasanova tomonidan Beshmergan mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoring qilindi.
📌 Monitoring davomida:
🔹 yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish jarayonlari;
🔹 yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarning daromad manbalarini kengaytirish holati;
🔹 dastur doirasida ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak va uning natijalari;
🔹 mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.
🤝 Maqsad — yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va munosib daromad topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning samaradorligini oshirish.