Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALA FARZANDLARINI MAKTABGACHA TA'LIMGA JOYLASHTIRISH BO'YICHA AMALIY KO‘MAK

📍 Beshmergan mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari O. Xolbayev hamda D. Xasanova tomonidan Beshmergan mahallasida ijtimoiy reyestrga farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha kiritilgan oilaning holati o‘rganildi.
🔹 Oila ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi;
🔹 Farzandlarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish masalasi ko‘rib chiqildi;
🔹 Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordam holati tahlil qilindi;
🔹 Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash yuzasidan takliflar bildirildi.
🤝 Maqsad — ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, farzandlarning maktabgacha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va oilalarning ijtimoiy muammolarini manzilli hal etishga ko‘maklashish.