Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY YONDASHUV

📍 Beshmergan mahallasida o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Xolbayev tomonidan Beshmergan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oila bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual reja o‘rganildi.
🔹 Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va mavjud muammolari;
🔹 oila a’zolarining bandligini ta’minlash hamda daromadini oshirish imkoniyatlari;
🔹 mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan individual chora-tadbirlar;
🔹 oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
🤝 Maqsad — oilaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda oilani kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish.