Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasi hududidagi ko‘chalar xonadonbay usulda o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida xonadonlarda yashovchi fuqarolarning mavjud muammolari, ijtimoiy-maishiy sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Shuningdek, ko‘chalarning obodonlashtirilganlik holati, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda aholini qiynayotgan muammolar o‘rganib chiqildi.
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ularni manzilli nazoratga olish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌 Maqsad — fuqarolar muammolarini xonadonbay aniqlash, ularni o‘z vaqtida hal etish va mahallada qulay yashash sharoitlarini yaratish.