Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI: SINCHI MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH

 DEPUTATLIK NAZORATI: SINCHI MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Turdiyev Xayrullo Djumayevich tomonidan Sinchi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi vakillari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning holati ko‘rib chiqildi.
👨‍👩‍👧‍👦 Sinchi mahallasida 25 ta ijtimoiy reyestrdagi oila mavjud bo‘lib, shundan:
🔹 13 ta oila — davlat ta’minotida;
🔹 10 ta oila — kambag‘al;
🔹 2 ta oila — kambag‘allik chegarasida.
📋 Belgilangan individual rejalar asosida:
• 7 nafar oila a’zosiga ijtimoiy xizmatlar;
• 4 nafariga ta’lim xizmatlari;
• 23 nafariga tibbiy xizmatlar;
• 49 nafar oila a’zosini daromadli mehnat bilan ta’minlash;
• 12 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha choralar nazarda tutilgan.
👷‍♂️ Shuningdek, mahalladagi 46 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yoki bandligini legallashtirish, 7 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 14 ta yangi ish o‘rni yaratish vazifalari belgilangan.
🌍 Uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 68 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash, kam daromadli fuqarolarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🏗 Ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishida Sinchi mahallasida:
▪️ 1 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
▪️ 2,5 km elektr uzatish tarmog‘ini mukammal ta’mirlash;
▪️ ichki ko‘chalarni tozalash va obodonlashtirish;
▪️ ariqlarni tozalash;
▪️ mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash kabi ishlar rejalashtirilgan.
☀️ Shuningdek, investitsiya dasturlari doirasida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasining havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda “Sinchi” podstansiyasini 500 kVli podstansiyaga o‘zgartirish loyihalari ijrosi ham deputatlik nazoratiga olindi.
💻 Mahallada yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha barpo etish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
🔎 Deputat tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolarni bartaraf etish jarayoni va loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi har ikki haftada monitoring qilib borilishi belgilandi.
📌 Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli mas’ullar oldiga qo‘yish va natijani nazorat qilishdir.