Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Shadanova Dilaram Kadamovna tomonidan Shovot tuman elektr ta’minoti korxonasiga yo‘llangan so‘rov o‘z ijobiy yechimini topmoqda.
📌 Muammo nimada edi? Zamondosh mahallasi, Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan eskirgan va yaroqsiz simyog‘ochlarni yangi ustunlarga almashtirish bo‘yicha murojaat kiritilgan edi.
⚡️ Natija va reja: Shovot tuman elektr ta’minoti korxonasi javob xatiga ko‘ra: 🔹 Mazkur ko‘chada elektr ta’minotini yaxshilash hamda yaroqsiz ustunlarni almashtirish ishlari joriy yilgi mukammal ta’mirlash rejasiga kiritildi. 🔹 Joriy yil yakuniga qadar mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, yaroqsiz ustunlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirib beriladi.
🤝 Aholi manfaatlari va hududlar obodligi yo‘lidagi amaliy ishlar davom etadi! 🏗💡