Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida o‘rnatilgan PTZ videokuzatuv kameralarining texnik va ishchi holati o‘rganildi.
🔹 Mazkur kameralar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarga o‘rnatilgan.
🔹 O‘rganish davomida videokuzatuv kameralarining uzluksiz ishlashi, texnik sozligi va hududni kuzatish imkoniyatlari nazoratdan o‘tkazildi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud tizimlarning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🎯 Maqsad — mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish.