Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 DEPUTAT SO‘ROVI O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI — MUHIM VAZIFA!

📅 2026-yil 23-sentabr
📄 151-ds-448-26-son
Kimga: Shovot tumani obodonlashtirish bo‘limining birinchi o‘rinbosari
M.Qurbonovga
Kim tomonidan: Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati MASHARIPOV IZZAT MASHARIPOVICH
📍 MUAMMO O‘RGANILDI
Yangiobod mahallasi
M.Sapayev ko‘chasidagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining xavfsizlik holati o‘rganildi.
Mazkur yo‘ldan o‘quvchilar, ota-onalar, pedagoglar va mahalla aholisi muntazam foydalanadi. Transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi piyodalar, ayniqsa, o‘quvchilar xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin.
🚸 DEPUTAT TAKLIFI
Maktab oldidagi yo‘lda:
🔹 tezlikni cheklovchi sun’iy notekislik o‘rnatish;
🔹 zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish;
🔹 hududni joyiga chiqib o‘rganish va tegishli choralarni belgilash so‘raldi.
🎯 MAQSAD
O‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, transport tezligini me’yorlashtirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish.
Ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
⚖️ HUQUQIY ASOS
Deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq yuborildi.