🤝 ZIYORATGOH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Chorbog‘” mahallasida joylashgan Toxirchoq ota ziyoratgohiga tashrif buyurildi.
📍 Tashrif davomida ziyoratgoh hududining bugungi holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, ziyoratgohni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram