FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA MA’LUMOT SO‘RALDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
🔎 Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori talablari asosida tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar va mavjud holat haqida ma’lumot taqdim etish yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Daniyarovga rasmiy xat yuborildi.
📋 Taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy komissiya tomonidan o‘rganilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mavjud xavflarni barvaqt aniqlash hamda ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ishlar holatiga baho berishda foydalaniladi.
👤 Doimiy komissiya raisi — Dusmurodov Nodir Nuriddinovich.