YANGI POLIKLINIKANING QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
👨💼Pastdarg‘om tumani hokimi Jamshid Pardayev hamda tuman Kengash deputati N.Dusmurodov tuman bo‘ylab ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonchilik ishlari hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini muntazam ravishda ko‘zdan kechirdi.
🆙Navbatdagi o‘rganishlar Parchaqora mahallasidagi qator muassasalarda olib borildi.
Investitsiya dasturi asosida qariyb 2,5 milliard so‘m evaziga barpo etilayotgan 24-sonli poliklinikadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
🔎Bu yerda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.