Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudirining kunlik ish rejasi
янв.21
YANGI SANOAT MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “IMOM OTA” MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR BELGILANDI
янв.21
TURKMAN MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
17-BAND IJROSI: Hududdagi obodonlashtirish va chiqindi masalasi o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI:MAKTABLARDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova, Kengash huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi vakili J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
A.Fozilov tomonidan Bahor mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati
o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11
sentyabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini
yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka
jalb etish va ularning muammolarini aniqlash hamda hal etish borasidagi ishlar
holati ko‘rib chiqildi.
 

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli
tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga kiritilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3