DEPUTATLIK NAZORATI: ISHCHI GURUH TUZILDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini tashkil etish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
👥 Ishchi guruh tomonidan tumandagi tegishli tibbiyot muassasalarida qarorda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi o‘rganiladi.
🩺 Xususan:
🔹 bolalarda gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash;
🔹 bemorlarni tibbiy hisobga olish va kuzatuvini tashkil etish;
🔹 ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanish holati;
🔹 zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanganlik;
🔹 bemorlarni respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga yo‘naltirish;
🔹 PET tekshiruvlariga yo‘llash va belgilangan tartibda xarajatlarni qoplash;
🔹 bemorlarning transport xarajatlarini qoplash mexanizmining amaliy ijrosi;
🔹 tibbiy jihozlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganiladi.
📋 Shuningdek, ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
🎯 Maqsad — qarorda belgilangan vazifalar ijrosini amalda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish.