Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

 DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova doimiy komissiya faoliyati doirasida tuman gaz ta’minoti bo‘limida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida hududda tabiiy gaz ta’minotini tashkil etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni kuchaytirish, muammoli masalalarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
🎯 Deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi tizimli hamkorlik — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim omilidir. 

Slide 1 of 1