Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HUDUDDAGI ZOVURLAR HOLATI O‘RGANILDI

HUDUDDAGI ZOVURLAR HOLATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan Po‘latchi mahallasidan o‘tgan zovurlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hududdagi zovurlarning joriy holati, suv oqimini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
🚜 Ayni paytda hududda maxsus drenaj tizimi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar zovurlarning suv o‘tkazish imkoniyatini yaxshilash, suv to‘planishining oldini olish va hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilashga qaratilgan.
📌 Ishlarning sifatli va belgilangan tartibda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.                                                                                                                                                            

Slide 1 of 3