Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI SANOAT MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
Kotibiyat mudirining kunlik ish rejasi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “IMOM OTA” MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR BELGILANDI
янв.21
TURKMAN MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
17-BAND IJROSI: Hududdagi obodonlashtirish va chiqindi masalasi o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI:MAKTABLARDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#PF_193_son_Farmon_ijrosi
📊 PF–193-son Farmon ijrosi: mahalladagi ishlar tahlil qilindi


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-“G‘o‘rin–Hakimobod” saylov okrugi deputati Y.Shoymanov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Hakimobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida mahallada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud holat tahlil qilindi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishi;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 6