Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 56-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
21-BAND IJROSI: JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 116-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
QAROR IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: 40-MAKTABDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND: NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
18-BAND IJROSI: IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND | NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kengashi deputatlarining nazorat-tahlil faoliyati hamda tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Oltinsoy tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va dori-darmon ta’minotini o‘rganishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Zardaqul” mahallasida joylashgan 54-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ushbu tibbiyot muassasasida bemorlarga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, ehtiyojmand va belgilangan toifadagi fuqarolarga bepul beriladigan dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va sarflov materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi alohida nazoratga olindi.

Ishchi guruh tarkibida o‘rganishda ishtirok etdilar:

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida poliklinikadagi stomatologiya xonasi va tibbiy jihozlarning sozligi, dori-darmonlar saqlanadigan javonlar va zaxiralar holati, shuningdek, bemorlar uchun ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar ro‘yxati aks etgan ma’lumot stendlari ko‘zdan kechirildi.

Yakunda poliklinika mas’ullariga dori vositalarini o‘z vaqtida va shaffof ravishda aholiga yetkazib berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topsiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10