O‘rganish davomida “Faol hayotga qaytarish” dasturi doirasida oila a’zosini kunduzgi qarab turish xizmatiga jalb qilish, ularga ijtimoiy-ruhiy va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu xizmat turi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning jamiyatga moslashuvini jadallashtirish, ularning parvarishi bo‘yicha oila a’zolariga yengillik yaratish hamda faol hayot tarziga qaytarishga qaratilgan. Deputat tomonidan masala yuzasidan tegishli soha mas’ullariga zarur tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.