Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash — deputatlik nazoratida
янв.21
QARSHIOBOD MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV
янв.21
DEPUTAT UCHUN ENG KATTA SHARAF — XALQ MINNATDORCHILIGI!
янв.21
DEPUTATNING BAXSHIBOYI MAHALLASIDAGI FAOLIYAT REJASI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK ISHCHI GURUHI ISKANDARI MAHALLASIDA
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QABRISTON OBODLIGI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TOMORQA VA DEHQON XO‘JALIKLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
🏛 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Shovot tumani Asavey mahallasida aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
👥 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
📋 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash, ularning mavjud muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlarni yanada sifatli tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
🤝 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.