Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 56-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
21-BAND IJROSI: JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 116-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
QAROR IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: 40-MAKTABDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND: NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
18-BAND IJROSI: IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24-BAND | NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
Eski To‘da MFY Ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi

Eski To‘da MFY Ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Abdurahimov tuman Kengashining haftalik ish rejasi doirasida Eski To‘da MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordamlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va mavjud masalalarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat o‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 2