O‘rganish davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni va kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.
✔️Ayniqsa, aholining ijtimoiy masalalari, tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq murojaatlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Murojaatlar yuzasidan masalalarning tegishliligiga ko‘ra tibbiyot xodimlari hamda mahalladagi hokim yordamchisiga yo‘naltirilib, ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
✔️Deputat tomonidan murojaatlarning ijrosi va yakuniy natijasi nazoratga olinib, fuqarolar hamda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida va manzilli hal etish muhimligi ta’kidlandi.