O‘rganish davomida murojaatlarni mazmuniga ko‘ra tahlil qilish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarning sabablarini aniqlash, mas’ul tashkilotlar tomonidan ularning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Ayniqsa, yechimi cho‘zilayotgan va takroriy murojaatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, har bir murojaatni manzilli o‘rganish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✔️Bugungi kun holatiga murojaatlar o‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga kamayib, jami murojaatlar soni 592 tani tashkil etgan. Shuningdek, tahlilga ko‘ra xozirda murojaatlarning 477 tasi (92,08 %) qanoatlantirilib, 279 tasi (53,86 %) ijobiy hal etilgani qayd etildi.
✔️Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda faqat murojaatni ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, muammoning amaliy yechimini ta’minlash, ijro holatini nazoratga olish va murojaat egasiga asoslantirilgan javob berish muhimligi ta’kidlandi.