#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida yangi transformator o‘rnatish jarayoni o‘rganildi
Bandixon tumanida Prezidentimizning PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash va aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-Qaldirg‘och saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFY Fayzobod ko‘chasida bo‘lib, yangi transformator o‘rnatish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida montaj ishlarining texnik talablarga muvofiqligi va xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishi tahlil qilinib, ish hajmini o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan soha mutasaddilariga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yangi transformatorning ishga tushishi hudud aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.