Navbatdagi sessiya o‘z ishini kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bilan davom ettirdi.
📋 Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
📌 1-masala: “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
📌 2-masala: Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” portali orqali 2026 yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
📌 3-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
🗣 Mazkur masalalar yuzasidan Taxiatosh tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenov so‘zga chiqib, batafsil axborot berdi.
✅ Taqdim etilgan axborotlar deputatlar tomonidan diqqat bilan tinglanib, qizg‘in muhokama qilindi hamda bildirilgan takliflar asosida barcha masalalar bir ovozdan tasdiqlandi.