🍂 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — NAZORATDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Qorayeva tomonidan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilotning isitish tizimi, bino va xonalarining mavsumga tayyorgarligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.