34-SESSIYA: SANOQ KOMISSIYASI TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasida deputatlar ichidan sanoq komissiyasini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.
Sanoq komissiyasi raisi etib 28-Qorabo‘yin saylov okrugidan saylangan deputat Shukurov O‘tkirjon Normamatovich, komissiya a’zolari etib esa:
🔹 29-Galatut saylov okrugidan saylangan deputat Kazakov Maxsud Asredinovich;
🔹 30-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Sulaymanova Xilola Baxtiyorovna
nomzodlari taklif etildi.
Nomzodlar bo‘yicha boshqa takliflar bildirilmagach, masala ovozga qo‘yildi.
✅ Deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, sanoq komissiyasi belgilangan tarkibda tasdiqlandi.