35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi — amalda

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur ijrosi joylarda o‘rganilmoqda.
Shovot tumanida Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. Kalandarov tomonidan Guliston mahallasidagi “Tinchlik” va “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chalarida zovurlarni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, ishlarning sifati hamda loyihaning uzoq muddatli xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Zero, har bir mablag‘ — xalq manfaatiga, har bir loyiha esa hudud kelajagiga xizmat qilishi lozim.

Slide 1 of 2