🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna tomonidan dasturlar doirasida Shovot tumanining chegara hududidagi asosiy yo‘l — Turkmaniston yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 O‘rganish ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov bilan hamkorlikda olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan dasturlar ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.